Mehnat huquqlari bo‘yicha xalqaro monitoring missiyasi

Mehnat huquqlarini himoya qilish va ilgari surish bo‘yicha birgalikda ishlash maqsadida 2016-yildagi Bishkek deklaratsiyasi asosida birlashgan mustaqil kasaba uyushmalari, jamoat tashkilotlari va fuqarolik tashabbuslari ko‘magida tashkil etilgan.

Missiyaning asosiy e’tibor markazida quyidagilar turadi:
• birlashish erkinligi va jamoaviy muzokaralar o‘tkazish huquqi,
• xavfsiz mehnat sharoitlari,
• kamsitishni (diskriminatsiyani) taqiqlash,
• bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish.

1. Biz kimmiz

Mehnat huquqlari bo‘yicha monitoring missiyasi — bu mehnat huquqi va ijtimoiy siyosat sohasidagi mustaqil ekspertlar birlashmasidir.

2. Bizning maqsadimiz

Biz Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) a’zosi bo‘lgan mamlakatlarning xalqaro majburiyatlariga asoslangan fundamental mehnat standartlariga rioya etilishini kuzatib boramiz.

3. Biz nima qilamiz

• ochiq manbalardan ma’lumotlarni to‘playmiz va tahlil qilamiz
• mustaqil tadqiqotlar o‘tkazamiz
• ma’ruzalar va tavsiyalar tayyorlaymiz

4. Kimlar bilan va qanday ishlaymiz

Biz ekspertlar o‘rtasida muhokamalar tashkil etamiz, nashrlar chop etamiz va o‘quv tadbirlarini o‘tkazamiz. Bunda mustaqil kasaba uyushmalari va fuqarolik tashkilotlari mutaxassislarini tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratamiz.

Yangiliklar va voqealar

Ishimiz va ijtimoiy faolligimiz xronikasi

Labour Mission

Birgalikda harakat qilamiz!