Samara viloyatidagi maxsus lagerda o‘zbekistonlik 3 mingdan ortiq muhojir yashamoqda – OAV
Uyga qaytmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik uch mingdan ziyod muhojir hozir Samara viloyatidagi maxsus vaqtinchalik lagerda bo‘lib turibdi, deb xabar beradi «Exo Moskvi» radiosi. O‘zbeklar milliy-madaniy jamiyati kotibi Yodgor Usmonovning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik muhojirlar Kinel shahri yaqinida joylashgan maxsus lagerga kelishda davom etmoqda.
Details







